O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Yagona integrator UZINFOCOM” MCHJ tomonidan “Yashil makon” davlat dasturi doirasida Yakkasaroy tumani “Armug'on” mahallasida bolalar va o‘smirlar uchun madaniy-ko‘ngilochar tadbir o‘tkazildi.
Tadbir sehrgarlar, masxarabozlar, jonglyorlar va akrobatlarning chiqishlaridan iborat edi. Shuningdek, har xil tanlov va musobaqalar tashkil etilib, g‘oliblar turli sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, “Armug'on” mahalla fuqarolar yigʻinining 3 nafar fuqarosi “Yashil makon” dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Yagona integrator UZINFOCOM” MCHJ tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.